

Vinger “Vulverxempton” futbolchisiga aylandi. 30 yoshli o'yinchi bilan 2,5 yillik shartnoma imzolandi. U “bo'rilar” safida 21-raqam ostida harakat qiladi.
Ispaniyalik joriy mavsum klub miqyosida 19 bahsda qatnashib, samarali natija ko'rsatolmadi. O'tgan mavsumda esa u ijara asosida “Sporting”da harakat qilgan.




