Rasman: Pro-liganing hal qiluvchi o'yini 1 dekabrda o'tishi tasdiqlandi

Tolibjon Qosimov
26 noya 2020, 12:30
Pro-liganing 20-turida hal qiluvchi bahs bo'lib o'tadi.

Unda "Neftchi" va "Turon" klublari Superligaga chiqish uchun kurash olib borishadi. Ana shu uchrashuv aslida 29 noyabr sanasida o'tkazilishi lozim edi. Lekin, 24 noyabrda mazkur to'qnashuv sanasi o'zgargani va u 1 dekabr sanasida bo'lib o'tishi haqida xabar bergan edik.

Eshitdik-da! PRO-Liganing hal qiluvchi o'yini sanasi o'zgardi


PFL matbuot xizmati biroz avval ana shu xabarni tasdiqlovchi ma'lumotni chop etdi.

"Shu yilning 29 sentyabr kuni Pro liga 20-turi doirasida “Neftchi” - “Turon” uchrashuvi o'tkazilishi kerak edi. Mazkur o'yin finalga teng ahamiyat kasb etayotganidan va har ikki klubda Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyati bor ekani quvonarli holat. 

29 noyabr kuni Toshkentda Superliga g'olibi “Paxtakor” futbol klubini taqdirlash marosimi o'tkaziladi. O'zPFL ishchi guruhi marosimni yuqori saviyada o'tkazish uchun shu kuni Toshkent shahrida bo'ladi. 

Biz albatta Pro liga g'olibini taqdilash marosimi ham yuqori saviyada o'tishini istaymiz. Ayni vaqtda O'zPFL taqdirlash marosimi yaxshi saviyada o'tishi ustida ish olib boryapti. Vodiy derbisi muxlislar xotirasida yaxshi manoda uzoq saqlanib qolishidan barchamiz birdek manfaatdormiz. 

Uchrashuv UzReport telekanalida bevosita efirga uzatilishi va finalga teng bu o'yin alohida ahamiyat kasb etishidan kelib chiqib, 29 noyabr sanasiga belgilangan “Neftchi” - “Turon” o'yini 1 dekabr - seshanba kuni “Istiqlol” stadionida o'tadigan bo'ldi. Mazkur holat futbol jurnalistlari uchun ham qulaylik yaratib beradi", - deyiladi PFL xabarida.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia