Rasman: "Navbahor" braziliyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Iskandarov Abdulaziz
18 fev 2026, 17:02
Transfer oynasining oxirgi kunlarida "Navbahor" tarkibga yana bir qator futbolchilarni taklif qilmoqda.

Braziliyalik hujumchi Aleks Fernandes 2026 yilgi mavsumda "Navbahor" libosida to'p tepadi. 2002 yilda tug'ilgan futbolchi Rossiyaning "Baltika" jamoasidan jalb etildi. U o'tgan mavsumni ijara asosida Ozarbayjonning "Neftchi" jamoasida o'tkazgan edi. 

Transfermarkt portali to'pteparni 500 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати