Rasman: MYU Lingardning ketishini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
2 iyun 2022, 00:15
Yarim himoyachi Jessi Lingard "Manchester Yunayted"dan ketadi.

Klub matbuot xizmati uning yozda erkin agent sifatida klubni tark etishini ma'lum qildi.

Lingard "Manchester Yunayted"ga 8 yoshligida, 2001 yili borgan. 2014 yili esa u asosiy jamoa tarkibida debyut qilgandi.

Mankunianliklar tarkibida u 232 o'yinda qatnashib, 35 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/manutd