Rasman: Mo'min Meliev - "Lokomotiv" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
19 iyul 2022, 14:32
Ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Lokomotiv" o'z safiga yana bir hujumchini qo'shib oldi.

Ushbu mavsumning birinchi yarmini "Qo'qon-1912"da o'tkazgan Mo'min Meliev "temiryo'lchilar" bilan kelishuvga erishdi.

Ma'lumot uchun, Mo'min Meliev 1997 yilning 5 aprel sanasida Jizzaxda tavallud topgan. 

25 yoshli hujumchi faoliyati davomida "So'g'diyona", "Mashal" va "Qo'qon-1912" klublarida to'p tepgan. 

"Lokomotiv" PFK Mo'min Melievga jamoamizga xush kelibsan deydi va mazmunli faoliyat tilab qoladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати