Rasman: "Milan" Krunich bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
8 sen 2022, 19:19
Italiyaning "Milan" klubi jamoaning bosniyalik yarim himoyachisi Rade Krunich bilan shartnoma muddatini uzaytirdi.

Insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, Krunich bilan amaldagi kelishuv muddati 2025 yilga qadar amal qiladi. Shartnomaning boshqa tafsilotlari hozircha noma'lum. 

Krunich ayni paytda jarohati tufayli safdan chiqqan. Uning qachon yana tarkibga qaytishi aniq emas.

Rade Krunich 2019 yil iyul oyida jamoaga kelib qo'shilgan edi. U "Empoli"dan 8,6 mln evroga xarid qilingan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano