Rasman: "Milan" "Adidas" bilan shartnomani bekor qildi

Tolibjon Qosimov
24 okt 2017, 19:08
Mashhur sport brendi hisoblangan "Adidas" endilikda "Milan"ning texnik homiysi emas.

Klub nemis kompaniyasi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganini e'lon qildi. Shu tariqa, shartnoma 2017-2018 yilgi mavsum yakuniga qadar amalda bo'ladi. Kompaniya 1998 yildan beri "rossonerlar"ga homiylik qilib kelar edi.

"Milan" yangi texnik homiy bilan kelishuvga erishilganini ham ma'lum qildi va u qaysi kompaniya ekanligini e'lon qilmadi. Bu yaqin oylarda rasman e'lon qilinadi.

Oldinroq, "Milan"ning yangi homiysi boshqa bir nemis kompaniyasi "Puma" bo'lishi xabar qilingan edi.



O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: acmilan.com