Rasman: "Manchester Yunayted" murabbiyi jamoani tark etadi

Mirjalol Normatov
13 may 2018, 11:11
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi yordamchisi Ruy Fariya mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etadi.

"Uzoq vaqt o'yladim va yuragimdagi og'irlik bilan aytaman, olg'a ketishning vaqti keldi. Men esdan chiqarmaydigan va ajoyib 17 yilni o'tkazdim, endi esa men o'zimning professional faoliyatimni boshlab, yangicha mashaqqatlarni boshimdan o'tkazishim kerakligini his qildim.

Bosh murabbiy Joze Mourinyo menga ishondi. U menga tajribasini bergani, o'z bilimlarini menga ulashgani va asosiysi do'st bo'lgani uchun faqatgina minnatdorlik bildiraman. O'zim ishlagan oldingi jamoalarimga ham "Manchester Yunayted" kabi rahmat aytaman", - dedi Fariya klub rasmiy saytiga.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com