Rasman: "Lokomotiv" Tojikiston termasi a'zosi bilan shartnoma tuzdi

Sherzod Nurmatov
23 dek 2022, 16:20
Yangi mavsumda jiddiy maqsadlarni ko'zlayotgan "Lokomotiv" o'z safiga istedodli hujumchini qo'shib oldi.

Tojikiston milliy va olimpiya terma jamoasi a'zosi Rustam Soirov bugun klub bilan shartnoma imzoladi. 



Ma'lumot uchun, Rustam Soirov 2002 yil 12 sentyabrda Tojikiston poytaxti Dushanbeda tavallud topgan. Ampluasi – hujumchi.

U "Istiqlol" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U mazkur jamoa bilan Tojikiston chempioni, Kubok va Superkubok sohibi bo'lishdan tashqari Osiyo Chempionlar Ligasi hamda OFK Kubogida ham ishtirok etgan.



O'tgan yil Soirov Tojikiston Superligasida 15 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Bungacha Estoniyaning "Levadiya" klubida faoliyat olib borgan. Endilikda esa "temiryo'lchilar" sharafini himoya qiladi.

Avvalroq "Eshitdik-da" rukni ostida "Loko" tojikistonlik hujumchi xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida ma'lum qilgan edik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz