Rasman: Kolarov “Inter” a'zosiga aylandi

Eldor Akmurzayev
8 sen 2020, 19:05
“Roma” himoyachisi Aleksandar Kolarov faoliyatini “neradzurrilar” safida davom ettiradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, serbiyalik “inter” bilan 1+1 ko'rinishida shartnoma imzolagan. Transfer summasi esa 2 mln evroga baholanmoqda.

34 yoshli futbolchi so'nggi uch mavsumni rimliklar safida o'tkazib, jamoa libosida 132 o'yinda qatnashgan holda 19+20 natija ko'rsatishga erishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Inter_en