Rasman: Giorgi Nikabadze - "Neftchi" futbolchisi!

Оқил Абдубарноев
20 iyul 2023, 23:46
Avvalroq hujumchining farg'onaliklar safiga qo'shilishi haqida xabar bergandik.

Farg'onaning "Neftchi" jamoasi gruziyalik markaziy hujumchi Giorgi Nikabadze bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.

32 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Banga", "Guriya", "Telavi", "Dinamo Batumi" kabi klublarda o'ynagan. Uning so'nggi jamoasi "Samgurali" hisoblanadi. Nikabadze ushbu jamoada 18 o'yinda qatnashib 9 ta gol urib 3 golga asisentlik qilgan.  

Vodiy jamoasi futbolchining transferi xuquqini "Samgurali" jamoasidan to'liq sotib oldi.

Avvalroq saytimiz orqali ushbu transfer haqida ma'lumot bergandik.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Нефтчи" ФК матбуот хизмати