

"Neftchi" jamoasi esa mavsum yakuniga qadar ana shu raqamni o'zgartirish niyatida emas. Biroz oldin Qarshiga yetib kelgan farg'onaliklar ertaga "Nasaf" bilan to'qnash kelishadi. Bu o'yin oldidan mehmonlarning gruziyalik legioneri, o'tgan turda "Buxoro" posbonini ikki marotaba ranjitgan Giorgi Nikabadze fikrlari bilan bo'lishdi.
- "Nasaf" bilan o'yinga odatdagidek tayyorlandik. Raqibning o'ziga yarasha kuchli tomonlari bor. Shunga yarasha kuchsiz jihatlarini ham bilamiz. "Neftchi"ni Qarshida g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi. Shu kuni bizning yutishimizni intiq bo'lib kutayotgan ajoyib suyuklilarimiz bor.
- Ha, "Neftchi"ga ikkinchi davrada kelib qo'shildim. Boshida juda qiyin edi. Chunki havo harorati juda issiq bo'ldi. Hozir esa o'zimni yaxshi his qilyapman. O'zbekiston umuman Markaziy Osiyo men uchun qiziq tuyuldi. Agentlarim bilan maslahatlashgan holda qaror qabul qildim. Superliga o'zgacha va qiziqarli chempionat.

- Jamoada barcha bir-biriga do'stona munosabatda. Bachana Arabuli va boshqa futbolchilar bilan aloqalarimiz juda yaxshi. Bo'sh vaqtimizni birga o'tkazamiz. Shuning uchun bo'lsa kerak natijalarimiz ijobiy.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi



