Rasman: YCHLda "Yuventus" va MYU bilan bir guruhdan joy olgan "Valensiya" hujumchi sotib oldi

Tolibjon Qosimov
31 avg 2018, 11:10
PSJ forvardi Gonsalu Gedesh rasman "Valensiya" o'yinchisiga aylandi.

Bu haqda ispan klubi matbuot xizmati xabar berdi.

"Valensiya" futbolchini 40 million evroga sotib oldi. 21 yoshli forvard "ko'rshapalaklar" 2024 yilgacha shartnoma imzoladi. Uning kelishuvda ko'rsatilgan tovon puli 300 mln evro.



Gedesh o'tgan mavsum "Valensiya"da ijara asosida to'p tepgan va 38ta uchrashuvda 6ta gol urib, 9ta golli pas bergan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: valenciacf.com