Rasman: Duglas Kosta "Los-Anjeles Gelaksi" futbolchisiga aylandi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2022, 23:10
Futbolchi o'z faoliyatini okean ortida davom ettiradi.

"Yuventus" klubi hujumchisi Duglas Kosta rasman ijara asosida "Los-Anjeles Gelaksi" klubiga o'tdi. Futbolchi mavsum yakuniga qadar ijarada to'p suradi. Shundan so'ng, erkin agent sifatida "Los-Anjeles Gelaksi" bilan bir yarim yillik shartnoma imzolaydi.

Kosta 2021 yilning mayidan beri "Gremio"da ijarada o'ynayotgandi. U Braziliya jamoasida 26ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: www.lagalaxy.com