Rasman. "Chelsi" David Luizni ortga qaytardi

1 sen 2016, 00:15
Londonning "Chelsi" klubi PSJ himoyachisi David Luiz borasida parijliklar bilan kelishuvga erishganini rasman e'lon qildi.


Transfer narxi 32 million funt sterling deya baholanmoqda.

"Chelsi" transfer masalalari bo'yicha PSJ bilan kelishuvga erishdi. Endi faqat futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuv va David Luiz shartnoma imzolashidan oldin tibbiy ko'rikdan o'tishi talab etiladi.

Eslatib o'tamiz, David Luiz aynan "Chelsi"dan PSJga o'tgandi.

Antonio Konte braziliyalik himoyachini ortga qaytishini istagani uchun londonliklar ushbu xaridni amalga oshirishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: chelsea.com