

Shuningdek, klub hamyurtimizning ushbu transfer bo'yicha fikrlarini ham chop etdi.
"Avvalambor, bunday ajoyib klub safiga qo'shilayotganimdan juda xursandman va oilam hamda menga yordam bergan "Paxtakor"dagi barcha-barchaga minnatdorchilik bildiraman.
Har bir bolakay Premer-ligada to'p tepishni orzu qiladi va bu istagimga yana bir qadam yaqinlashganimdan mamnunman. Endilikda men yanada ko'proq mehnat qilishga va o'zbek futbolchilari nimalarga qodirligini butun dunyoga ko'rsatib qo'yishga harakat qilaman".




