Rasman: "Borussiya D" bosh murabbiyni iste'foga chiqardi

Tolibjon Qosimov
22 yanv 2025
Nuri Shaxin Dordmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi.

Bu haqda nemis klubi matbuot xizmati xabar berdi.

"Sky Sport"ning ma'lumotiga ko'ra, bu haqda jamoa va murabbiyga kecha tunda Bolonyadagi mehmonxonada xabar berilgan. Ma'lumot uchun, tunda "Borussiya D" Italiyada "Bolonya" mehmoni bo'ldi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ayni paytda dordmundliklar Bundesliga turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turishibdi. Ular barcha musobaqalarda ketma-ket 4 mag'lubiyatni qabul qilib olishdi.

Shaxin jamoani o'tgan yozda qabul qilib olgan edi. U 27 o'yinda 12 bor g'alaba qozondi, 11 ta mag'lubiyat va 4 ta durangga erishdi.


Ten Xag Top-5ga qaytishi mumkin


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bvb.de