

Klub hujumchining transferini va u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolanganini rasman e'lon qildi.
Avvalroq, "Arsenal" Shvetsiya terma jamoasining 27 yoshli forvardi uchun "Sporting"ga 63,5 million evro to'lashi ma'lum bo'lgandi. Yana 10 mln bonus sifatida ko'zda tutilgan.
Viktor Portugaliyada ikki mavsumni o'tkazdi va ikkalasida ham chempionatning eng yaxshi to'purari bo'ldi - u mos ravishda 29 va 39 ta gol urdi.
Gyokeresh "Sporting" safida barcha musobaqalarda jami 102 ta o'yinda 97 ta gol urdi.



