"Barselona" Trinkauning kyetishini tasdiqladi

Alisher
13 iyul 2022
"Barselona" rasmiy saytida Fransishku Trinkauning "Sporting" (Lissabon)ga kyetishini tasdiqladi.

22 yoshli hujumchi 2022/23 yilgi mavsum uchun ijaraga olindi. Bitimda futbolchini ehtimoliy xarid qilish huquqi yozilgan.

Fransishku Trinkau 2020 yilning yozidan beri "Barselona" o'yinchisi hisoblanadi. Portugaliyalik "ko'k-anorranglilar" tarkibida rasmiy musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etgan.

O'yinchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Vulverxempton"da o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com