PSJ Mendeshni "Sporting"dan xarid qiladi

Alisher
27 dek 2021, 16:28
PSJ rahbariyati "Sporting" (Lissabon)dan ijara olingan himoyachisi Nunu Mendeshni xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 19 yoshli o'yinchining transferi PSJga 40 mln evroga tushadi.

Nunu joriy mavsum 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

PSJ Fransiya chempionatida yaqqol yetakchilik qilmoqda. Jamoa 19 turdan so'ng eng yaqin taqibchisidan 12 ochko ilgarilab ketgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano