Rasman: APL debyutanti rekord summa evaziga futbolchi sotib oldi

Eldor Akmurzayev
21 iyul 2019, 22:40
Bornmut klubi forvardi Lis Musse Sheffild Yunayted a'zosiga aylandi.

APL debyutanti uchun mazkur transfer klub tarixidagi rekord summa – 10 mln. funtga tushdi. Tomonlar esa 3 yillik kelishuvga erishgan. 23 yoshli futbolchi o'tgan mavsum Angliya chempionatida 24 o'yin o'tkazib, raqiblar darvozasini bir bora ishg'ol etgandi.

Avvalroq, jamoa Fil Jagielka bilan shartnoma imzolagani haqida ma'lum qilgandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/SheffieldUnited