Rasman: "Andijon" yana bir legioner transferini e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
30 yanv 2025, 11:10
Superliga klublari yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirishmoqda.

"Andijon" jamoasi yana bir yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Chernogoriyalik futbolchi Luka Uskokovich yangi mavsumda "burgutlar" sharafini himoya qiladi.

Ushbu himoyachi 1996 yilning 10 aprel sanasida tavallud topgan. Lukaning oxirgi klubi Latviyaning "Liepaya" jamoasi hisoblanadi. U yerda 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Umumiy hisobda shu paytgacha 92 ta o'yinda maydonga tushgan. 1 ta gol urgan va 2 ta golli pas uzatgan.

Shuningdek, Uskokovich faoliyati davomida Sloveniyaning "Zarisa Kranj" hamda "Maribor" klublarida ham to'p tepgan.

E'tiborlisi, u "Maribor" bilan uch marta – 2016/17, 2018/19 va 2021/2022 yilgi mavsumlarda Sloveniya chempionligini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати