Rasman: "Andijon" futbolchisining qizil kartochkasi bekor qilindi

Tolibjon Qosimov
19 iyun 2024, 17:28
O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda so'nggi tur doirasida o'tkazilgan uchrashuv intizomiy ishi ko'rib chiqildi.

Superliga. "Qizilqum" - "Andijon"

"Andijon" futbol klubi tomonidan 2024 yilning 15 iyun kuni Superliganing 11-turi doirasidagi "Qizilqum" - "Andijon" uchrashuvining 24-daqiqasida "Andijon" klubi futbolchisi Ilhomjon Abdig'anievga ko'rsatilgan qizil kartochkani bekor qilish so'ralgan.

Tartib-intizom qo'mitasi Ilhomjon Abdig'anievga ko'rsatilgan qizil kartochka Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan, O'zbekiston futbol hakamlari markazi Ekspert hakamlar komissiyasining xulosasiga ko'ra bekor qilinishi haqida qaror qabul qildi.


VIDEO  Vadim Abramov: "Dinamo" bilan to'qnash keladigan barcha jamoalarning qizil kartochkalari bekor qilinmoqda. Dastlab "Olimpik" keyin esa "Andijon". "So'g'diyona" ham bemalol qizil kartochka olaversin, baribir bekor qilinadi"

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz