Rasman: Akmal Shorahmedov "Nasaf"ga o'tdi

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi sardori sanalgan Akmal Shorahmedov faoliyatini "Nasaf"da davom ettiradigan bo'ldi.


Akmal Shorahmedov "Nasaf" jamoasiga o'tganini shaxsan o'zi tasdiqladi.

Tomonlar hozirgina kelishuvga erishishdi.

"Bunyodkor"dagi 6 yillik faoliyatidan so'ng tajribali himoyachi "ajdarlar" tarkibida o'z faoliyatini davom ettiradi.

Futbolchi oldida bir qator takliflar turgandi. Ammo Akmal Shorahmedov "Nasaf" tanlovini maqul ko'rdi.

"Nasaf" jamoasi ertaga Turkiyaga o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazish uchun jo'nab ketadi. "Nasaf"ning yangi a'zosi Akmal Shorahmedov esa indinga jamoa safiga qo'shilish uchun parvoz qilishi rejalashtirilgan.


To'liq ismi: Akmal Shorahmedov
Rakami: 2
Ampluasi: Himoyachi
Tug'ilgan sanasi: 10.05.1986
Fuqaroligi: O'zbekiston
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Bo'yi:178 sm
Vazni: 78 kg

Futbolchilik faoliyati:
"So'g'diyona" (Jizzax) - 2005-2006
"Navbahor" (Namangan) - 2007
"So'g'diyona" (Jizzax) - 2008
"Andijon" (Andijon) - 2009-2010
"Bunyodkor" (Toshkent) - 2011-2016

"Nasaf" (Qarshi) - 2017...


"GOAL" #2 - Akmal Shorahmedov (FOTO+VIDEO)

Akmal Shorahmedov "Bunyodkor"dan ketdi, "Nasaf" unga forma tayyorlab qo'ygan

"Olmaliq" Akmal Shorahmedovga qiziqmoqda


Manba: championat.asia