

"Konte va "Chelsi" bir-biri uchun yaratilgan. Yangi jamoa qurishda madaniy farqlar halaqit bermasa bo'lgani. Agar hamma uni tinglasa, biz yangi "Chelsi"ni ko'rishimiz mumkin. Mourinyo yangi Fergyusonga aylana oladi. U "Manchester Yunayted"da 26 yil ishlamaydi, ammo iz qoldirishi aniq. 7 avgust kuni revansh? Futbol shunisi bilan go'zal. Bizning sport turimiz turli mo'jizalardan iborat. Gvardiolaga to'xtaladigan bo'lsak, u kerakli klubga bosh murabbiy bo'ldi. "Manchester Siti" Manchini qo'l ostida chiroyli futboli bilan mashhur bo'lgan, keyin bu ishni Pellegrini davom ettirdi" - deydi Raneri.



