Raneri: "Kamara penaltidan gol ura olmaganda, uni o'ldirib qo'ygim keldi"

Aslanov Jasurbek
30 dek 2018, 10:41
"Fulxem" bosh murabbiyi Klaudio Raneri "Xaddersfild"ga qarshi APLning 20-tur uchrashuvida (1:0) hujumchi Abubakar Kamaraning harakatlaridan ko'ngli to'lmadi.

82-daqiqada "Fulxem" penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. 11 metrlik zarbani Mitrovich ijro etmoqchi edi, ammo Kamara to'pni serbiyalikka bermadi. Fransiyalik xato qildi. 9 daqiqa o'tib Mitrovich g'alaba to'pini kiritdi.

"Abubakarga to'pni Mitrovichga berishni aytdim, chunki u 11 metrlik jarima zarabalarini ijro etishi kerak. U meni, jamoadoshlarini va klubni hurmat qilmayapti. Bu yaxshi emas.

Kamara gol ura olmaganda, uni o'ldirib qo'ygim keldi" - deydi Raneri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC Sport