Ramos va Neymar keyingi hafta mashg'ulotlarga kirishadi. 14 fevralda "Bavariya" bilan o'yin

Sherzod Nurmatov
4 fev 2023, 13:39
PSJ Neymar va Serxio Ramosning jarohati bo'yicha ma'lumot berdi.

Fransiya klubi futbolchilar keyingi haftada mashg'ulotlarga qaytishini ma'lum qildi. Xabarda keltirilishicha, Neymar va Serxio Ramos chovi shikastlangan.

Neymar o'tgan gal Liga 1 doirasidagi PSJ – "Monpele" uchrashuvini o'tkazib yuborgandi. Braziliyalik futbolchi mushaklari zo'riqishi tufayli maydonga tushmasligi aytilgandi.

Ramos ham "Monpele"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida jarohatlangan edi.

Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi PSJ – "Bavariya" uchrashuvi 14 fevralga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: psg.fr