Ramos: "Uning ketishidan o'zi ham, "Real" ham yutqazdi. Men Krishtianuni qo'yib yubormagan bo'lardim"

Aziz Tukhtamuradov
12 mar 2021, 08:11
"Real" sardori Serxio Ramos Krishtianu Ronalduning "Yuventus" safiga o'tib ketishi haqida fikr bildirdi.

"Krishtianu ham, "Real" ham bundan yutqazdi. Men uni qo'yib yubormagan bo'lardim, chunki u jahonning eng yaxshilaridan biri va bizga g'alaba qozonish uchun katta yordam berardi. U bilan aloqa uzoq yil davom etishi lozim edi. 

Ishonmaysan, u fikrini o'zgartirib qolishiga umid qilasan. Ammo, bu uning qarori. Uni ayblash noo'rin. U barqaror o'yinchi. Bunday futbolchilar qaror chiqarishga haqli", - dedi Ramos. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS