

As nashrining El Chiringuito nashriga tayanib xabar berishicha, himoyachi meksikaliklar safini tark etishga qaror qilgan, ammo faoliyatini yakunlamoqchi emas. U Ispaniyada yoki agar uni qoniqtiradigan taklif olsa, Yevropaning boshqa davlati klubida o'ynashni xohlaydi.
Qayd etilishicha, Ramosning qaroriga ikki omil ta’sir ko'rsatgan: birinchisi - uning oilasi uchun Pireney yarimorolida Meksikaga qaraganda qulayroq, ikkinchisi - milliy jamoa safida jahon chempionatida o'ynash istagi.
39 yoshli futbolchi yuqori saviyada va ispancha uslubga yaqin bo'lgan chempionatda muntazam o'ynasa, Yevropa chempionlari bosh murabbiyi Luis de la Fuenteni uning nomzodini ko'rib chiqishga ko'ndira olishiga ishonmoqda.
Ramos so'nggi marta 2021 yilda Ispaniya terma jamoasida o'ynagan.



