Rakitich: "Xorvatiya terma jamoasi Portugaliyani chiqarib yuborish uchun etarlicha kuchli"

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2016, 17:48
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ivan Rakitich Portugaliyaga qarshi bo'lib o'tadigan Evro-2016 1/8 final bahsi haqida fikr bildirdi.

"Portugaliyaga qarshi bahsdagi rejamiz Ispaniya bilan uchrashuvdagi o'yinimizni takrorlash. G'alaba qozonishimiz uchun maydondagi har bir vaziyatda "jon berishimiz" kerak.

Ronaldu jamoasiz g'olib bo'la olmaydi. Men uni "Real" - "Barselna" uchrashuvida taslim etganman, buni Yevropa chempionatida qaytara olaman degan umiddaman.

Xorvatiya terma jamoasi Portugaliyani chempionatdan chiqarib yuborish uchun etarli kuchga ega deb o'ylayman" - deydi Rakitich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Blic Online