Rakitich "Barselona" rahbariyatiga boshqa jamoaga o'tmoqchi ekanligini aytdi

Aslanov Jasurbek
8 fev 2019, 14:43
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich o'z klubi rahbariyatiga yozda "Inter"ga o'tmoqchiligini ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi "Ayaks" yarim himoyachisi Frenki De Yongni xarid qilganidan so'ng, xorvatiyalikning kelajagi borasida savollar paydo bo'ldi.

"Inter" Rakitich uchun "Barselona"ga 30 mln. evro to'lashi mumkin. Xavbekning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Joriy mavsum 30 yoshli futbolchi LaLiganing 21ta uchrashuvida 2ta gol urib, 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport