Rayan Giggz: “APL uch haftalik qishki tanaffusga chiqsa yaxshi bo'lardi”

25 dek 2013, 17:55
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Rayan Giggz, chempionatda qishki tanaffus berilishi kerakligi aytib o'tdi.

“Fikrimcha, Angliya chempionatiga qishki tanaffus berilsa yaxshi bo'lardi. Aynan rojdestvo kuni berilishi shart emas, yanvarda berilsa ham bo'laveradi.

Masalan uch haftalik tatilga berilsa, ikki haftasida dam olib, uchinchi haftada chempionatga tayyorgarlik o'krish uchun mashg'ulot olib borardik.

Bunday tig'is grafik jamoaga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Tanaffus esa futbolchilarni ham ruhan ham jismonan tetik bo'lishlariga yordam beradi”, - deydi Giggz.


Manba: sports.ru