

“Inter”ning belgiyalik yarim himoyachisi Raja Nainggolan “Milan”ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida jarohat olib maydonni tark etdi. Rajaning to'pig'i chiqib ketganligi ma'lum bo'ldi. Yaqin kunlarda futbolchi chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi. Endi Raja “Barselona” bilan YCHL 3-tur o'yinida qatnasha olmaydi.



