

Bu haqda futbol insayderi Fabricio Romano yozdi.
Manbalarga ko'ra, vingerga Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi qiziqish bildirgan. Biroq Romano Rafinyaning o'zi faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirish niyatida ekanligini takidlamoqda.
Rafinya "Lids"dan o'tganidan keyin 2022 yildan beri "Barselona"da harakat qilmoqda. Hujumchi o'tgan mavsum klub safida 33 ta o'yin o'tkazib, 21 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



