Rafael Benites: “Arsenal”dan ikkita gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng, ruhan tushkunlikka tushdik”

2 okt 2013, 11:23
“Napoli” klubi bosh murabbiyi Rafael Benites, Chempionlar ligasi 2-tur guruh bosqichi doirasida “Arsenal”ga qarshi o'yinda (0:2), nega mag'lubiyatga uchraganini tushuntirib berdi.

“Biz o'yinni yomon boshladik. “Arsenal” ikkita gol kiritganidan so'ng, barchasi o'zgarib ketdi va biz o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni yoqotdik. Ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik, biroq “Arsenal”dek jamoaga ikkita gol urish qiyin edi.

Avvaldan “Arsenal”dan mag'lubiyatga uchrashimizni sezgan edim. Endi barcha e'tiborimizni kelasi o'yinlarga qaratishimiz kerak”, - deydi Benites.


Manba: sports.ru