Rabbim Hasanov “Istiqlol”da

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2020, 10:31
Yaqinda “Andijon” jamoasi bilan xayrlashgan futbolchi Rabbim Hasanov “Istiqlol” lagerida paydo bo'ldi.

32 yoshli markaziy yarim himoyachi katta extimol bilan PRO-Liga ishtirokchisi Farg'onaning “Istiqlol” klubi bilan shartnoma imzolaydi va mavsumni ushbu jamoada o'tkazadi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Hasanovni jamoaga “Istiqlol” murabbiylar shtabida faoliyat ko'rsatib kelayotgan Anvar Berdiev taklif qilgan. Bu bejiz emas albatta. Sababi 2016 yili Berdiev va Hasanov “Andijon” tarkibida birga o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia