Sardor Eminov va Rabbim Hasanov "So'g'diyona"ga qo'shiladi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2016, 13:30
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Davron Fayziev boshchiligidagi jamoa kechadan Toshkentda yig'in boshladi. "So'g'diyona" poytaxtda 28 iyulga qadar bo'ladi va 3ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Jamoani hozirgacha Sanjar Rihsiboev va Sardor Sobirxo'jaev tark etdi.

"Neftchi" yarim himoyachisi Sardor Eminov va "Andijon" vakili Rabbim Hasanov ikkinchi davrani "So'g'diyona"da o'tkazishga yaqin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia