"Andijon": Rabbim Hasanov safdan chiqdi

Narzulla Saydullayev
23 mar 2016
Muhim o'yinlar oldidan "Andijon" tarkibida jiddiy yo'qotish yuz berdi.

Gap shundaki, markaziy yarim himoyachi Rabbimjon Hasanov Zomin bilan o'yin chog'ida oyog'idan jaroxat oldi. Keyinroq shifokorlarning aniqlashicha Hasanovning barmog'i qayrilgani ma'lum bo'ldi. Shundan Rabbimjonning oyoq barmoqlariga vaqtinchalik gips qo'yildi.

Ayni damda futbolchi mashg'ulotlarda ishtirok eta olmayapti. Katta extimol bilan yaqin ikkita o'yinni o'tkazib yuborishi kutilmoqda. Biz esa Hasanovga tezroq  jaroxatlardan forig' bo'lib, yana safga qaytishini tilab qolamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcandijon.uz