Qozog'iston TJ sardori doping tufayli 2 yilga futboldan chetlatildi

Eldor Akmurzayev
24 dek 2020, 20:00
Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Al-Ayn” hamda Qozog'iston termasi a'zosi Bauirjan Islamxan doping qabul qilgani tufayli 2 yilga diskvalifikaciya qilindi. 27 yoshli futbolchining OCHL-2020 uchun topshirgan test tahlillari shunday natija bergan.

“2020 yil, 18 sentyabrda OCHL doirasida o'tgan uchrashuvdan keyin doping-testdan o'tdim, ajablanarlisi esa u ijobiy natija berdi. Tahlilimda juda past koncentraciyali, atigi 90 ng/ml metilgeksanamin aniqlandi, bu esa mazkur moddani bexosdan qabul qilinganini aniq ko'rsatmoqda. Faoliyatim davomida hech qachon doping qabul qilmaganman va sport rejimini buzmaganman, shu tufayli bo'lib o'tgan voqealar meni shokka tushurdi”, deydi Islamxan.

Qozog'istonning 3 karra eng yaxshi futbolchisining diskvalifikaciya muddati 2020 yil 9 noyabrdan boshlab hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ОФК