Qozog'iston terma jamoasi futbolchisi ikkinchi davrani "Andijon"da boshlaydi

Iskandarov Abdulaziz
4 iyul 2024, 10:27
"Andijon" jamoasi tarkibni kuchaytirish ishlarini boshlab yuborgan.

Superliga vakili safiga Qozog'iston yoshlar terma jamoasi va Belarusning "Gomel" klubining 19 yoshli yarim himoyachisi Abinur Nurimbet kelib qo'shiladi. "Andijon" rahbariyati mavsum starti avvalida yosh futbolchilarga tayanishini va klub rivojlanishining yangicha yo'lini e'lon qilgan edi. Aytish mumkinki, ularning yangi strategiyasi asta-sekin o'z samarasini bermoqda. Birinchi davradagi eng muvaffaqiyatli transfer 21 yoshli Bektemir Abdumannonovning qo'shib olinishi bo'lgandi. Yosh yarim himoyachi ayni vaqtda gol+pas tizimi bo'yicha chempionat peshqadami bo'lib turibdi. Unga esa Yevropa klublaridan bir nechta takliflar bor. 

Shunday ekan, qozog'istonlik yarim himoyachining yosh iqtidorlarni kashf etayotgan jamoada ko'rish qiziq bo'ladi. Abinur yosh bo'lishiga qaramay "Gomel"ning yetakchilaridan biri hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Goal.kz