Qozog'iston Professional futbol ligasining bukmeker hamkoridan qancha pul olayotgani ma'lum bo'ldi

Оқил Абдубарноев
3 may 2024, 00:29
Kompaniya bilan shartnoma 2025 yilgacha tuzilgan. Liga esa hamkorlikni bekor qilmoqchi.

Futbol bo'yicha Qozog'iston chempionati "OLIMPBET" deb nomlanadi. Reklama uchun Qozog'iston Professional futbol ligasi har yili bukmekerlik idorasidan 2 milliard tenge (4,5 million AQSH dollari) oladi. Bu haqda Qozog'iston futbol federatsiyasi prezidenti Adilet Barmenqulov Ostonada bo'lib o'tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Agar tashkilot hamkorlikni rad etsa va OLIMPBET bukmekerlik kompaniyasi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilsa, 36 milliard tenge (81 million AQSH dollari)jarima to'lashiga to'g'ri keladi. Shartnoma 2025 yilgacha amal qiladi.

Biroq bu masalada parlament deputatlari ham qiynalmoqda. Deputat Nartay Aralbay o'g'li boshchiligidagi ishchi guruh hozirda “Sport to'g'risida”gi qonun loyihasi ustida ishlamoqda. Ular Qozog'iston chempionatidan OLIMPBET nomini olib tashlashmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: 1bol.kz