Arshavinning goli kuchli uchtalikdan joy oldi

13 dek 2017, 00:26
Qozog'iston professional futbol ligasi “Mavsumning eng chiroyli goli -2017” tanloviga ovoz berish jarayoni yakunlanganligini ma'lum qildi.

10 kun davomida muxlislar PFL tomonidan taklif etilgan nomzodlarga ovoz berishdi. Ovoz berish jarayonlari yakuniga ko'ra Qozog'iston chempionatining 18-turida “Aktobe” hujumchisi Igor Zenkovich tomonidan “Shaxtyor” darvozasiga urilgan gol mavsumning eng chiroyli goli deya etirof etildi. Ikkinchi o'rin “Qayrat” jamoasining rossiyalik legioneri Andrey Arshavinga nasib etdi. Uchinchi o'rinni “Qayrat” yarim himoyachisi Islombek Quvvat egalladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com