Qosimovning norasmiy debyutida AGMK g'alaba qozondi

Mirjalol Normatov
25 yanv 2019, 22:05
Bugun AGMK BAAdagi ilk sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

"23 yanvardan Dubay shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazayotgan AGMK jamoamiz bugun dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Maktum bin Rashid stadionida bo'lib o'tgan bahsda jamoamizga Dubay shahrining "Shabab Al-Ahli" jamoasi raqib vazifasini o'tadi. BAA chempionatida 13 turdan so'ng 4-pog'onada borayotgan jamoaga qarshi nazorat bahsida Zafar Polvonov tomonidan birinchi taymda urilgan gol yagona bo'ldi", - deb yozadi klub matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати