Qosimov Vetnamga qarshi o'yin uchun tarkibni e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
3 okt 2013, 10:59
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov OK-2015 saralashi, 3-turi doirasida Vetnamga qarshi kechadigan o'yin uchun 23 nafar futbolchini terma jamoaga jalb etgan.

Vetnam terma jamoasiga qarshi OK-2015 saralash uchrashuvi oldidan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 8 oktyabr kuni Toshkentda o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi mazkur yig'inga jami 23 nafar futbolchini taklif etgan.

Eslatib o'tamiz OK-2015 E guruhida hozirgacha 2-tur o'yinlari o'tkazildi. Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi 1 ochko bilan guruhda 3-o'rinni egallab turibdi. E guruhida 2-tur o'yinlaridan so'ng BAA terma jamoasi 6 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Gonkong terma jamoasi esa, 4 ochko bilan guruhda ikkinchi o'rinda bormoqda. 15 oktyabr kuni Toshkentda O'zbekistonga qarshi o'ynaydigan Vetnam terma jamoasi esa, dastlabki ikki turda o'z raqiblariga imkoniyatni boy bergan.

O'zbekiston hamda Vetnam milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'yin 15 oktyabr kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Milliy terma jamoaning Vetnamga qarshi o'yin oldidan yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:
Murod Zuhurov (Bunyodkor)
Aleksandr Lobanov (Paxtakor)
Eldor Suyunov (Nasaf)

Himoyachilar:
Vitaliy Denisov (Lokomotiv Moskva)
Islom Inomov (Lokomotiv)
Anzur Ismoilov (Changchun Yatay)
Davron Xoshimov (Paxtakor)
Shavkat Mullajonov (Liaoning)
Islom To'xtaxo'jaev (Lokomotiv)
Vladimir Kozak (Paxtakor)

Yarim himoyachilar:
Sanjar Tursunov (Gazovik)
Aziz Haydarov (Al Shabob)
Server Jeparov (Seongnam Ilva Chunma)
Jasur Hasanov (Bunyodkor)
Temur Kapadze (Aktobe)
Jamshid Iskanderov (Paxtakor)
Fozil Musaev (Al-Muayzir)
Ilxom Yunusov (Nasaf)
Sardor Rashidov (Bunyodkor)

Hujumchilar:
Igor Sergeev (Paxtakor)
Aleksandr Geynrix (Aktobe)
Bahodir Nasimov (Neftchi Baku)
Ivan Nagaev (Lokomotiv)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com