Qorli maydon faqat PFLda emas... (FOTO)

Aziz Tukhtamuradov
30 noya 2016, 00:00
Kecha Toshkentdagi TTYMI stadionida kelasi yili Oliy ligada ishtirok etish huquqini beruvchi o'yin bo'lib o'tdi.

Ushbu o'yin qorli maydonda o'tkazilganidan xabaringiz bor. Shu munosabat bilan, shunday sharoitda yana qaerlarda futbol o'yinlari o'tkazilganligiga qiziqib ko'ramiz. Demak, boshladik!


"Navbahor" - "Norin". 2016 yil, 28 noyabr. O'zbekiston chempionatining "pley-off" uchrashuvi


1926 yil. "Arsenal" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv oldidan


1938 yil. Bu surat ham Angliya tomonlardan


1947 yil. Yana "Arsenal" va MYU bahsi


1963 yil. "Tottenxem" jamoasining stadionidagi navbatchi shifokor va policiyachilar


1985. Maskot "Borussiya M" va "Gamburg" jamoalari o'rtasidagi o'yin bekor qilinganini malum qilmoqda


2001 yil. "Peruja" futbolchisi golni muxlislarga qor otib nishonlamoqda


2006 yil. "Nyurnberg" va "Duysburg" jamoalari o'rtasidagi o'yinni "tomosha qilayotgan" qor odam


2006 yil. "Sanderlend", "Fulxem" va qor...


2009 yilning bahori. Angliya va Norvegiya yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda qor va qizil to'p


2010 yil. "Bavariya" - "Maync" bahsi. Van Bommel hakam bilan gap sotmoqda, stadion ishchisi esa maydonni tozalamoqda


Bu surat esa 2010 yilning dekabrida "Vest Xem" jamoasining o'yinida olingan


2012 yilning fevrali. "Inter" libosidagi Uesli Sneyderni tanigan bo'lsangiz kerak


"Inter"ning o'sha o'yinidagi surat


APL doirasidagi "Stok" va "Sanderlend" jamoalari o'rtasidagi o'yin davom etmoqda


Qish-2012. "Etixad stadium". "Manchester Siti"ning "Fulxem"ga qarshi o'yini


2012 yil. Qorli maydon va Yurgen Klopp


Shveytsariya. Qor odamni nima uchundir futbolchilarga teskari qo'yib qo'yishipti


Bu esa Germaniya


2015 yilning yanvari. "Vulverxempton" jamoasining Angliya kubogi doirasidagi o'yini


2016 yil. Germaniyaning ikkinchi bundesligasi. "Frayburg" va "Leyptsig" jamoalari o'rtasidagi o'yin


Horijiy saytlar ma'lumotlari asosida tayyorlandi

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia