Qoraqalpog'iston Respublikasida maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan “Iqtidor” turniri g'oliblari taqdirlandi

Narzulla Saydullayev
26 may 2018, 23:21
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi tomonidan yurtimizda bolalar futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, maktab o'quvchilari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida turli musobaqalar va festivallar tashkil qilinyapti.

Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ellikqala tumanining Bo'ston shaharchasida O'FA va PFL tashabbusi bilan tumanlararo “Iqtidor” turniri o'tkazildi. Ushbu turnirni tashkil qilishdan asosiy maqsad, respublikamizning chekka-chekka qishloq va tumanlarida joylashgan maktablarning o'quvchilari o'rtasida sportning futbol turini ommalashtirish, iqtidori bor yoshlarni izlab topishdan iborat.

Mazkur futbol musobaqasi 2 xil yosh toifasida tashkil etilib, futbolchilar 13-14 hamda 15-16 yosh toifalariga bo'lingan holda musobaqalashadilar.

13-14 yoshlilar o'rtasida "Do'stlik" OFY jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgan bo'la, 15-16 yoshlilar o'rtasida "Sahtiyon" jamoasiga teng keladigan topilmadi.

G'oliblarga O'FA tomonidan Kubok, medallar va sertifikatlar hamda esdalik sovg'alari topshirildi. Tumanlararo “Iqtidor” turnirini yurtimizning barcha viloyatlarida o'tkazish rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com