

Farg'ona futbolida o'ziga yarasha nom qozongan jonkuyar inson bugun o'zining yubiley 60 yoshini qarshi olmoqda. Bugungi kunda "Neftchi" klubi raisi sifatida ishlab kelayotgan va o'z vaqtida "Qo'qon-1912" futbol klubida ko'p yillar davomida xizmat qilgan Kapadzening ushbu yubiley yoshi bilan muborakbod etamiz.
Tohir Veysalovich Sizni "Qo'qon-1912" futbol klubining ravnaqi yo'lida qilgan xizmatlaringizni biz hech qachon unutmaymiz va uni doimo qadrlaymiz! Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik oilangiz va yaqinlaringiz baxtiga hamisha sog'-omon bo'lib yurishingizni Yaratgandan so'rab qolamiz!



