
“Qo'qon-1912” futbol klubi a'zolari ushbu bahsga yetib borish uchun kecha tushlikdan so'ng Toshkent-Qarshi yo'nalishi bo'yicha yo'lga chiqqandi. Bugun tong saharda esa delegaciya Qarshi shahriga yetib keldi. Bu haqda “Qo'qon-1912” matbuot xizmati klub rasmiy tvitterida xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, bugun yoshlar ligasining “Nasaf” – “Qo'qon-1912” bahsi soat 16:00da boshlanadi. Ertaga esa o'yin boshlanish vaqti soat 18:00ga belgilangan.