"Qo'qon-1912": Klubimiz rahbari 55 yoshga to'ldi

Narzulla Saydullayev
31 okt 2016, 07:33
Bugun “Qo'qon-1912” jamoasi vice-prezidenti Baxtiyorjon Tolipovning tug'ilgan kuni. Jamoamiz rahbari bugun o'zlarining 55 yoshlarini qarshi olishmoqda.

Shu munosabat bilan “Qo'qon-1912” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, “Markaziy” o'yingoh va klub xodimlari hamda muxlislarimiz nomidan Baxtiyor akani samimiy muborakbod etamiz. U kishiga sihat-salomatlik, ishlarida omad tilab qolamiz.

Tan olish kerak so'nggi yillarda Qo'qon futboli deganda, barchaning kuz o'ngida Baxtiyor aka Tolipov gavdalanadi. Aynan shu inson sai-harakatlari evaziga o'zbek futboli vatani bo'lmish – Qo'qonga katta futbol yana qaytdi. Bugungi kunga kelib, “Qo'qon-1912” klubi O'zbekistondagi o'zini-o'zi mablag' bilan taminlaydigan yagona jamoa sanaladi. Bu borada ham  Baxtiyor akaning hissalari beqiyos.

Qo'qonlik futbol muxlislarini quvontirishga qattiq bel bog'lagan klubimiz rahbari o'z oldiga “Qo'qon-1912” jamoasi bilan kelgusida Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etishni maqsad qilib qo'ygan. Umuman olganda, Baxtiyor aka Tolipovning kelajakdagi rejalari ulkan.

YANA BIR BOR TUG'ILGAN KUN MUBORAK, BAXTIYORJON AKA!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz