“Qo'qon-1912” jamoasi titul homiyligi uchun tanlov e'lon qiladi

Narzulla Saydullayev
5 apr 2021, 11:38
2021 yilgi futbol mavsumida “Qo'qon-1912” jamoasining marketing bo'limi ko'plab korxona va tashkilotlar hamda tadbirkorlar bilan o'zaro hamkorlik shartnomalarini imzoladi.

Buning natijasida hamkorlar “Qo'qon-1912” jamoasi orqali o'z brendlarini reklama qilish imkoniga ega bo'lishdi.

Ayni kunlarda “Qo'qon-1912” jamoasi titul hamkorligi uchun tanlov qiladi. Jamoaning titul homiysi faqat bitta bo'ladi. Titul homiyning logotipi va nomi jamoa futbolchilari kiyadigan liboslarning oldi qismiga joylanadi. “Qo'qon-1912” jamoasi titul homiy uchun juda ko'plab imkoniyatlarni taqdim qiladi. Klub bilan hamkorlik qiladigan titul hamkori o'zbek futbolini ilk jamoasi bilan doimo birga bo'ladi. Titul homiyning nomi “Qo'qon-1912” jamoasi ishtirok etadigan barcha turnirlarda jaranglab turadi. "Qo'qon-1912"bilan hamkorlik qiling va o'z biznesingizni rivojlantiring!

Murojjat uchun manzil: fckokand1912.marketing@gmail.com
Telefon: +998 91 691 -37 -82
+998 90 351-02-20

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz